Buxoro — ma’naviyat va tarix maskani
Har bir maskan – bu yurtimizga xos boy ma’naviy dunyo, ilm va qadriyatlar tarixining jonli guvohi. Ajdodlarimiz yaratgan ma’naviy merosini anglash, ichki turizm imkoniyatlaridan foydalanish maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimlari qadimiy shahar Buxoroga tashrif buyurdi.
Ziyorat davomida viloyatdagi Ismoil Somoniy maqbarasi, Poiy Kalon majmuasi, Mir Arab madrasasi, Chashmai Ayub kabi tarixiy yodgorliklar bilan yaqindan tanishildi. Har bir qadimiy maskan yurtimiz tarixidagi buyuklik, sabr, ilm va iymon timsoli bo‘lib, ajdodlarimizning bebaho merosini eslatadi.
Markaz rahbariyati bu kabi ma’naviy tadbirlarni davomiy ravishda tashkil etish orqali xodimlarning dunyoqarashini boyitish, tarixiy merosimizga bo‘lgan hurmatni yanada oshirishni maqsad qilgan.