Markazda falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiya ishi ko'rib chiqildi

10.01.2024 380

Kuni kecha “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasida Toshkent farmatsevtika instituti huzuridagi DSc.04/30.12.2019.Far.32.01 raqamli Ilmiy kengash tavsiyasiga binoan, Shaxidaxon Yuldasheva tomonidan tayyorlangan falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim qilingan dissertatsiyaning dastlabki himoyasi bo’lib o’tdi.

Dissertantning ilmiy ishi Davlat muassasining ilmiy xodimlari ishtirokida bo'lib o'tgan mazkur tadbirda ko`rib chiqildi. Bunda Dori vositalari sifatini nazorat qilish va standartlashtirish laboratoriyasi yetakchi mutaxassisi, farmatsevtika fanlari bo`yicha falsafa doktori Zufar Boboyev tomonidan taqriz berildi.

Ma'lumot uchun, "Stomatologiya amaliyotida qo‘llaniladigan suyuq ekstrakt va spreyni sifatini nazorat qilish va standartlash usullarini ishlab chiqish" mavzusidagi 15.00.02 – farmatsevtik kimyo va farmakognoziya (farmatsevtika fanlari) ixtisosligi boʼyicha taqdim qilingan ushbu dissertatsiya ilmiy ishida "Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi" Yetakchi tashkilot etib tayinlangan.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi matbuot xizmati