Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi futbol jamoasi Vazir kubogida ishtirok etdi

28.10.2025 1094

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi futbol jamoasi Vazir kubogida ishtirok etdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi va Sog‘liqni saqlash xodimlari Kasaba uyushmalari Respublika Kengashi tashabbusi bilan tibbiyot xodimlari o‘rtasida spartakiada musobaqalarining final bosqichi bo'lib o'tdi.

Bellashuvlar doirasida mini futbol bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri kubogi musobaqasining final bahslarida mamlakatimizdagi tibbiyot va sog‘liqni saqlash tashkilotlari, jumladan, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Hamda 20 ta jamoa orasida faxrli 4-o'rinni qo'lga kiritdi. 

Musobaqalardan ko‘zlangan maqsad — sog‘lom turmush tarzini keng ommaga targ‘ib qilish, jamoaviy hamkorlikni rivojlantirish va tibbiyot xodimlari o‘rtasida yaqin do‘stona aloqalarni mustahkamlashdan iborat.