"SANSHOX" MCHJga qarashli dorixona litsenziyasi bekor qilindi
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida, Toshkent shahri, Yunusobod tumani, 4-mavze, 64-uy 13-xonadon manzilida joylashgan "SANSHOX" mas’uliyati cheklangan jamiyatga tegishli dorixonaning litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati aniqlandi.
Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 49 nomdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi hamda 4 nomdagi yaroqlilik muddati o‘tgan sifatsiz dori vositalari sotuvda mavjudligi aniqlandi.
Litsenziyat tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining “SANSHOX” MCHJning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Toshkent tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.
Hamda “SANSHOX” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021-yil 29-dekabrda berilgan 627-sonli litsenziya bekor qilindi.
Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.
Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi