Sirdaryo viloyatida giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar bilan ishlash holati o‘rganildi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2024-yil 27-dekabrda tasdiqlangan “2025-yilda giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha litsenziatlarda o‘tkaziladigan o‘rganish ishlari va sayyor seminarlar rejasi” ijrosini ta’minlash maqsadida Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi mutaxassislari Sirdaryo viloyatida bo‘ldi.
Tashrif chog‘ida Sirdaryo viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markazi Sirdaryo filiali, Respublika ixtisoslashtirilgan Ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Sirdaryo viloyat filiali, Mirzaobod tuman tibbiyot birlashmasi, Oqoltin tuman tibbiyot birlashmasi, Sirdaryo tuman tibbiyot birlashmasi, Xovos tuman tibbiyot birlashmasi, Sirdaryo viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Sirdaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi, Respublika sud-tibbiy ekspertiza ilmiy-amaliy markazi Sirdaryo viloyati filiali, Respublika tez tibbiy yordam markazi Sirdaryo viloyat filiali mutaxassislari ishtirokida bir qator uchrashuv va seminarlar o‘tkazildi.
Shuningdek, muloqot davomida giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar faoliyati bo‘yicha litsenziatlarning litsenziya talablariga to‘liq rioya etilishi, shifoxona va markazlarda giyohvand moddalar hamda psixotrop vositalarni xavfsiz saqlash shartlarini ta’minlash, shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash xizmatlarida nazoratni kuchaytirish hamda 2025-yil uchun tayyorlangan sayyor seminarlar va amaliy mashg‘ulotlar rejasi ijrosini samarali ta’minlash masalalarini muhokama qilindi.
Ushbu tashrif hududdagi sog‘liqni saqlash tizimida nazoratni kuchaytirish va xizmat sifatini yanada oshirishga xizmat qildi.
Narkotiklarni nazorat qilish qo‘mitasi