Hurmatli yurtdoshlar!

01.09.2025 978

Hurmatli yurtdoshlar!

Sizlarni yurtimiz hayotidagi eng ulug‘, eng aziz ayyom – O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34-yillik bayrami bilan chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

“Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” degan ezgu g‘oya asosida nishonlanayotgan ushbu qutlug‘ bayram har birimizda g‘urur, iftixor va shukronalik hissini uyg‘otadi, qalblarimizni yurtimizga bo‘lgan mehr va sadoqat bilan to‘ldiradi.

Mustaqillikka erishgach yurtimiz barqaror taraqqiyot va iqtisodiy o‘sish yo‘liga qadam qo‘ydi, ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlari zamonaviy standartlar asosida takomillashtirildi, ilmiy va sanoat salohiyati yanada rivojlantirildi. Shu davr mobaynida O‘zbekiston xalqi o‘z milliy qadriyatlarini tiklab, jahon hamjamiyatida munosib o‘rin egalladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi ham bu jarayonlarda faol ishtirok etib, xalq salomatligini muhofaza qilish, mamlakatimizga sifatli va xavfsiz dori vositalari yetkazib berish, sohada qonunchilik talablariga qat’iy rioya qilish orqali Vatanimiz taraqqiyotiga o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Aziz yurtdoshlar! Mustaqilligimizning 34-yilligi munosabati bilan barchangizni yana bir bor samimiy tabriklayman. Bu ulug‘ bayram sizlarning oilangizga baxtu-saodat, sog‘lik va tinchlik, ishingizda yangi yutuqlar va muvaffaqiyatlar olib kelsin. 

O‘zbekiston mustaqilligi abadiy bo‘lsin!