“ZIYNAT FARM” MCHJga qarashli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

26.08.2025 1095

“ZIYNAT FARM” MCHJga qarashli dorixona litsenziyasi bekor qilindi

Bosh prokuraturasi huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tomonidan Xorazm viloyati Urganch shahar, Amudaryo ko‘chasi 56B-uy manzilida joylashgan “ZIYNAT FARM” MCHJga qarashli dorixonada o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida 118 nomdagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olinib, ekspertiza uchun Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markaziga taqdim qilindi.

Markaz laboratoriyalari tahlillari natijasiga ko‘ra, mazkur dorixonadan olingan 9 nomdagi dori vositasi davlat ro‘yxtidan o‘tkazilmaganli va 8 nomdagi dori vositasining sifatini tasdiqlovchi muvofiqlik sertifikatlari mavjud emasligi aniqlandi.

Litsenziyat tomonidan litsenziya talab va shartlarini buzganlik holati bo‘yicha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining  “ZIYNAT FARM” MCHJning litsenziyasini bekor qilish to‘g‘risida Urganch tumanlaro iqtisodiy sudiga kiritgan da’vo arizasi sudning tegishli hal qiluv qarori bilan qanoatlantirildi.

Hamda “ZIYNAT FARM” MCHJga dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish uchun 2021-yil 13-iyulda berilgan AA481-sonli litsenziya bekor qilindi.

Amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq, mazkur dorixona litsenziyasi tugatilgan dorixonalar manzillari va qonun buzilishlariga bevosita aloqador xodimlar (provizorlar, farmatsevtlar) ning yagona reyestriga kiritilganligini ma’lum qilamiz.

Farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi