Metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan o‘lchash va sinov vositalarining tibbiyot faoliyatida qo‘llanilishi ta’qiqlanadi

29.07.2025 1020

Metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan o‘lchash va sinov vositalarining tibbiyot faoliyatida qo‘llanilishi ta’qiqlanadi

SSV Metrologiya xizmati hozirgi kunda 31 pozitsiyadagi o‘lchash va sinov vositalarini qiyoslash hamda metrologik attestatsiyadan o‘tkazish ishlarini amalga oshirish huquqiga ega bo‘lib, yurtimizdagi davlat va nodavlat tibbiyot muassalarini hamkorlikka taklif etadi.

Xizmatdan foydalanish va shartnoma tuzish uchun quyidagi namunani (https://docs.google.com/document/d/1_2hFPqK-1A81df6Bxzkq-hs8Y3kreJvF/edit) to‘ldirgan holda arizangizni farmkomitet@ssv.uz pochtasiga yo‘llashingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 15-fevraldagi 112-son qaroriga muvofiq, tibbiyot tashkilotlarida foydalaniladigan o‘lchash funksiyalariga ega bo‘lgan barcha tibbiy texnikalar metrologik nazoratidan o‘tkazilishi lozim. Shuningdek, Sog‘liqni saqlash vazirining 2024-yil 7-oktyabrdagi 313-sonli buyrug‘iga asosan, metrologiya tekshiruvidan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tibbiyot uchun mo‘ljallangan o‘lchash va sinov vositalarining ro‘yxatiga muvofiq, o‘rnatilgan tartibda metrologik tekshiruvdan o‘tkazilmagan o‘lchash va sinov vositalarining tibbiyot faoliyatida qo‘llanilishi ta’qiqlanadi. 

Telefon: (71) 203-01-01 (ichki 2240 — 2241)

Xurmatli mutaxassislar! Metrologik nazorat va qiyoslash ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish orqali muassasasangizdagi tibbiy uskunalarning aniqligi va ishonchli ishlashini ta’minlash imkoniyatiga ega bo‘lasiz. Bu esa bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifatini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.